Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Boku shahriga bordi.
Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov, Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Sammitning asosiy tadbirlari 15-oktyabrga mo‘ljallangan. Tashrif doirasida Prezidentimiz qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter