Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidentiga ta’ziya bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va qardosh Ozarbayjon xalqiga Boku shahrida ro‘y bergan yong‘in natijasida ko‘plab odamlarning hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2-mart kuni ertalab Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi narkologiya dispanserida yong‘in yuz berishi oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan edi. Mazkur ish bo‘yicha tekshiruvni shaxsan mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev nazoratga olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter