Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga yetib bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 6 iyul kuni Ostonaga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Avval xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter