Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarning nufuzini oshirishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi

Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarning nufuzini oshirishni asosiy vazifa qilib qo‘ydi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xabar berganimizdek, bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «Xabar.uz» muxbiri ham qatnashdi.

Videoselektor yig‘ilishida Xalq ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirga  ta’lim tizimi bilan bog‘liq bir qator vazifalarni qo‘ygan. Ularning eng asosiysi — jamiyatda o‘qituvchilarning nufuzini oshirish.

Qayd etilishicha, ko‘plab rivojlangan davlatlarda o‘qituvchilik eng obro‘li kasblardan biri hisoblanadi. Shuning uchun endi o‘qituvchining nufuzini oshirish, eng obro‘li kasblardan biriga aylantirish bugunning eng muhim vazifasi bo‘lishi kerak.

«O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men ham hurmat qilmayman», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring