Shavkat Mirziyoyev Navoiyga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida Navoiy viloyatiga amalga oshirgan tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida prezident Nurota tumanidagi «Marmarobod» korxonasida tog‘ jinslaridan mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Nurotadagi tarixiy qadamjoni ziyorat qildi, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi, viloyatdagi qator korxona faoliyati bilan ham tanishdi. «Navoiyazot»ning yangi ob’yektlaridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar, xorijlik investorlar bilan muloqot qildi.
Navoiy viloyati faollari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatni kompleks rivojlantirishga qaratilgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. So‘ng, viloyatdagi Davlat xizmatlari markazi va ichki ishlar bo‘limini borib ko‘rdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter