Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Odamlar tibbiyotda adolatni sezishi kerak. Prezident mutasaddilarga shu borada topshiriqlar berdi.

Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanidagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikani borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu shifo maskani 1994 yilda qurilgan, 2017 yilda rekonstruksiya qilingan. Bu yerda terapiya, nevrologiya, kardiologiya, revmatologiya, allergologiya, pediatriya, jarrohlik kabi bo‘limlar, tashxis uskunalari mavjud.

Ushbu markaziy poliklinika va uning tarkibidagi 9 ta oilaviy poliklinika tumanning 51 ta mahallasida yashovchi 346 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda.

Prezidentimiz ushbu poliklinikalar negizida tibbiyot klasteri tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

— Zamon talabi shunday: xususiy tibbiyot rivojlanib boraveradi. Aholining bir qismi xususiy klinikalarga boradi. Lekin davlat barcha aholini sifatli tibbiyot bilan qamrab olishi kerak. Shuning uchun bu yerni klasterga aylantirib, davolashni manzilli yo‘lga qo‘yish, samaradorligi va qamrovini oshirish zarur. Odamlar tibbiyotda adolatni sezishi kerak, — dedi prezident.

Mutasaddilarga shu borada topshiriqlar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumani Olim Xo‘jayev nomidagi mahallada ham bo‘ldi. Bu yerda o‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan ikki qavatli uylarni renovatsiya dasturi asosida yangilash rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga shu boradagi loyiha haqida ma’lumot berildi. Prezident mahalladagi nuroniylar, xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Avvalroq prezident kutilmaganda «tayyorlanmagan» mahallaga borib, mavjud ahvolni ko‘zdan kechirgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring