Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qarorning to‘liq matni O‘zAda e’lon qilingan.
Qarorga ko‘ra, Davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi sanasi munosabati bilan:
- poytaxtimizda «Istiqlol» majmuasi tashkil etiladi va u yerda mustaqilligimizning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatini aks ettiradigan yodgorlik kompozitsiyasi barpo etiladi;
- Toshkent shahrida barpo etilayotgan yer usti metro halqa yo‘li «O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi» deb nomlanadi;
- o‘tgan davrda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston” kitob-albomi hamda har bir sohada amalga oshirilgan islohotlar natijalarini yoritib beruvchi kitob-albom va to‘plamlar nashr etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter