Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun 9-may kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni nishonlanmoqda.

Shu munosabat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Motamsaro ona haykali majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «O‘zA» yozmoqda. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, hukumat a’zolari, jamoat tashkilotlari tomonidan Motamsaro ona haykaliga gullar qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring