Shavkat Mirziyoyev Misrga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh As-Sisining taklifiga binoan 20-21-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Misr munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinishi va qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Misrning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter