Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Men Bozorovga ishonaman. Unga katta vakolat beraman»

Shavkat Mirziyoyev: «Men Bozorovga ishonaman. Unga katta vakolat beraman»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi doirasida bugun, 1-mart kuni shahar hokimligi majlislar zalida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqida ma’lum qilingandi.

«Namnews.uz» nashri xabar berishicha, davlatimiz rahbari yig‘ilishda Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorovning olib borayotgan amaliy ishlari, faoliyati haqida fikr bildirib, unga ishonchi katta ekanligini qayd etgan.

— Men Bozorovga ishonaman, u befarq inson emas. U tashabbuskor. Viloyat hokimi namuna bo‘lish kerak! Unga katta vakolat beraman. U ishlaydi, — degan Prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning may oyida Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Norin tumanida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazgan yig‘ilishda ham «Men Xayrulloga ishonaman», deya e’tirof etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring