Shavkat Mirziyoyev Makronning maslahatchisini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni Fransiya Prezidentining maslahatchisi Izabel Dyumonni qabul qildi.
Uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va ikki mamlakatning har tomonlama sherikligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning samimiy salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.
Uchrashuvda faol siyosiy muloqotlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, Fransiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan «yashil» energetika, qazib chiqarish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, suv ta’minoti tizimini, transport va turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda birgalikdagi yirik loyihalarni ilgari surish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Parij shahridagi Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutidagi madaniy tadbir va ko‘rgazmalar muvaffaqiyatli o‘tgani yuksak baholandi. O‘zbekiston maktablarida fransuz tilini o‘rganishni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter