Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish haqida gapirdi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari marosimda so‘zlagan nutqida konstitutsiyani takomillashtirish haqida gapirib o‘tdi.
— Barcha nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida elektorat vakillari tomonidan bugungi kunda hayotning o‘zi, islohotlarimiz mantig‘i talab etayotgan yana bir muhim taklif ilgari surildi.
U ham bo‘lsa, mamlakatimizda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishdan iborat.
Agar dunyo tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tub burilish davrida ko‘pgina davlatlarda konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilganini ko‘ramiz.
Shu sababli, avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan Asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ham ko‘rib chiqishimiz kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter