Shavkat Mirziyoyev Indoneziya rahbariga ta’ziya bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Malang shahridagi «Kanjuraxan» futbol stadionida yuz bergan tartibsizliklar natijasida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya Prezidenti Joko Vidodoga ta’ziya yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya chempionatidan o‘rin olgan uchrashuvdan so‘ng kelib chiqqan tartibsizliklar oqibatida 174 nafar kishi halok bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter