Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi»

Shavkat Mirziyoyev: «Hokimlar endi paxta bilan shug‘ullanmaydi»

Foto: O‘zA

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, hokimlarning vazifa va majburiyatlari o‘zgartirilishini ma’lum qilgan.

«Hokimlar paxta bilan shug‘ullanmaydi. Ta’lim va ma’naviyat bilan mashg‘ul bo‘ladi. Paxtani klaster tizimi orqali ekamiz. Bu yil viloyatdagi 4 ta tumanda klaster bo‘ladi», deb aytgan O‘zbekiston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 22-dekabridagi parlamentga murojaatida Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida paxta-to‘qimachilik klasterlarini yaratish doirasida paxta xomashyosini bozor talablari asosida yetishtirish, narx-navoni shakllantirish va sotishni tashkil etish bo‘yicha tajriba boshlangani, kelgusida bunday ijobiy tajribani butun mamlakatimiz miqyosida joriy qilishni bugun hayotning o‘zi taqozo etayotganini ta’kidlagan edi.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring