Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev gripp tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev gripp tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha qarorni imzoladi

Kadr: «Youtube»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 18-may kuni «O‘zbekiston Respublikasida gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligining gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish va davolash sohasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topildi.

Quyidagilar Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa mas’ul idoralarning gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy vazifalari etib belgilandi:

— umumjahon va mintaqaviy sanitar-epidemiologik holatning doimiy tahlili hamda monitoringini olib borish, mamlakatda gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning tarqalishi tendensiyalari hamda keng tarqalishi mumkin bo‘lgan holatlarni prognoz qilish;

gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalar muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda ularni muvofiqlashtirish, vaksinalar, virusga qarshi vositalar va himoya vositalarining, ushbu kasalliklarni profilaktika qilish, ularga tashxis qo‘yish hamda davolashning innovatsion usullarini ishlab chiqish va joriy etish;

sog‘liqni saqlash muassasalari va aholini zarur hajmda dolzarb vaksinalar, virusga qarshi vositalar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash va ularning zaxirasini shakllantirish;

gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning kompleks profilaktikasini, birinchi navbatda, yuqtirish va og‘ir oqibatlarga chalinish xavfi yuqori bo‘lgan aholi toifasining umumiy vaksinatsiyasini tashkil etish orqali amalga oshirish;

keng tarqalishi mumkin bo‘lgan gripp va boshqa o‘tkir respirator infeksiyalarning ilk epidemiologik belgilarini aniqlash va kelgusida aholi o‘rtasida kasallanishni kamaytirish uchun kompleks shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring