Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga ta’ziya yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Germaniyadagi kuchli toshqin qurbonlari soni 156 kishiga yetgani haqida xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Federal Kansleri Angela Merkel va Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ushbu mamlakat g‘arbida ro‘y bergan halokatli toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring