Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Germaniya TIV rahbarini qabul qilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Germaniya TIV rahbarini qabul qilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Germaniya tashqi siyosiy idorasi rahbari Annalena Berbokni qabul qilmoqda.

Muzokaralar kun tartibidagi asosiy masalalar - O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni «yashil» iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga urg‘u bergan holda chuqurlashtirish, mintaqaviy hamkorlikning, shu jumladan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasidan kelib chiquvchi dolzarb jihatlari, shuningdek, Afg‘onistonda tez fursatda tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashish.

Bugun ertalab Germaniya TIV rahbari o‘zbekistonlik hamkasbi bilan uchrashdi, poytaxtimizdagi nemis tili chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 60-sonli maktabda hamda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan kooperatsiya loyihalari amalga oshirilayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish maydonida bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya tashqi ishlar vaziri ikki kunlik tashrif bilan yurtimizga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring