Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi farmoni e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi farmoni e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident farmoni (PF–6256-son, 05.07.2021-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan O‘zbekistonda sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021–2025-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi hamda konsepsiya bo‘yicha 2021–2023-yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institut sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

 2021-yil 1-sentyabrdan:

- davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazish huquqi beriladi;

- iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritishda advokatga sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so‘roviga ko‘ra ekspertiza o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat beriladi;

- nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy qilinadi.

- 2022-yil 1-martdan aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish va axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.

Shuningdek, sohada kadrlarni tayyorlash OTMlarida dual ta’lim prinsipiga muvofiq, kamida 6 oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida amalga oshirilishi mumkin.

Farmon bilan shuningdek, 2021–2025-yillarda joriy etiladigan ekspertiza va tadqiqot turlari ro‘yxati (16 ta) tasdiqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring