Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbarlari qutlug‘ Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini hamda azaliy qardosh xalqlarimizni qizg‘in qutlab, eng ezgu va samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Prezidentlar so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, birodarlik, strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Muloqot chog‘ida joriy yil 5-6-avgust kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari hamraisligida bo‘lib o‘tgan Strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishi natijalarini hamda Turkiyaning dunyodagi elchilarining o‘n birinchi konferensiyasida O‘zbekiston delegatsiyasining faxriy mehmon sifatidagi ishtirokini yuqori baholandi.

Prezidentlar raisligida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashi ilk yig‘ilishiga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligi alohida qayd etildi.

Suhbatda turli yo‘nalishlarda imzolangan bitim va loyihalar, erishilgan o‘zaro manfaatli kelishuvlarni to‘liq ro‘yobga chiqarish va aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning intilishi qat’iy va mushtarak ekanligi ta’kidlandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring