Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev eng katta dushmanimiz haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev eng katta dushmanimiz haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent viloyati faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari viloyatdagi muammolarga sabab bo‘layotgan omilni keltirib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

«Eng katta dushman – ichki dushman. Befarqlik bizning eng katta dushmanimiz. Agar butun tizim ishlasa bizga hech narsa halal bera olmaydi.

Toshkent viloyatida yo‘l, suv, gaz – hech qanaqa muammo bo‘lmasligi kerak. Ishlagan odam hammasini joyiga qo‘yib qo‘yadi. Viloyatda hamma sharoit, zabardast, mehnatkash xalqi bor.

Biz ham viloyatda ishlaganmiz, umrimiz paxta dalasida o‘tardi. Xalqimiz bu qadar qashshoq bo‘lib qolgani men uchun katta alam, armon edi. Paxta tergani uchun pul bera olmas edik. Mana, xozir hammasi berilyapti, odamlar pulini olyapti.

Menga bankda turgan pul kerak emas, pul xalqning cho‘ntagida bo‘lishi kerak.

Harakat qilsak ishsizlikni yo‘qota olamiz. Toshkent viloyatini yetakchilar safiga kiritish kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari avvalroq qo‘shnilarimiz bilan birdamlik haqida gapirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring