Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi
![Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_1567151604.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga yetib kelgach, Millat saroyida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari jadal sur’at bilan rivojlanib, tobora mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.
![](https://static.xabar.uz/uploads/10/720__fLZqbZ-T55KvQwj0Jm7PNwqNFL9X5nLa.jpg)
O‘zaro siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli strategik sheriklik tamoyillari amalda ro‘yobga chiqarilayotgani qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, qo‘shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari ilgari surilmoqda. Hududlar darajasida faol muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/10/720__nGnnyKN-faaA8NuRMlg1hSL3KrzCsVx8.jpg)
Davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidentiga OHIChK sammiti doirasidagi tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter