Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev britaniyalik vazir bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev britaniyalik vazir bilan uchrashdi

Фото: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15-may kuni Buyuk Britaniya parlamenti a’zosi, Yevropa va Amerika masalalari bo‘yicha vaziri ser Alan Dunkan bilan uchrashdi.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashuvimiz iliq va do‘stona ruhda o‘tdi. Britaniya hukumati O‘zbekistonning islohotlar yo‘li va rivojlanish bosqichlarini qo‘llab-quvvatlashi bildirildi», deyiladi Alan Dunkanning «Tvitter»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan bugun, 15-may kuni rasmiy tashrif bilan AQShga jo‘nab ketgan edi.

Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSh hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring