Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Braziliyaning Brumadinyu munitsipalitetida to‘g‘on yorilishi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan 28-yanvar kuni mamlakat Prezidenti Jair Messias Bolsonaroga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Minas-Jerays shtati favqulodda xizmatining ma’lumotiga ko‘ra to‘g‘on buzilishi ortidan 58 kishi halok bo‘lgan va 305ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter