Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bojxonaga oid qonunni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev bojxonaga oid qonunni imzoladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun (O‘RQ–748-son, 01.02.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar bermoqda. 

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi Kodeksda belgilandi.

Kodeksga reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish, yo‘q qilish bojxona rejimlari uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilinganligiga oid o‘zgartirishlar kiritildi.

Ruxsatnoma olish faqat tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlarida talab etiladi.

Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritildi, unga ko‘ra tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring