Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Anjey Duda bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Anjey Duda bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Yetakchilar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shu jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi samarali sheriklikni davom ettirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Davlat rahbarlari Afg‘onistondagi voqealarning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqadagi joriy vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Polsha Prezidenti fuqarolarni Afg‘onistondan mamlakatimiz hududi orqali Polshaga evakuatsiya qilish bo‘yicha gumanitar operatsiyalarni amalga oshirishga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring