Shavkat Mirziyoyev Angrenga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga tashrifi boshlangani haqida xabar bergandik. Davlat rahbari ayni vaqtda Angren shahrida bo‘lib turibdi, deya xabar qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati.
Prezident mukammal kapital rekonstruksiya qilingan «Angren» temir yo‘l vokzalining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Mazkur vokzal bir paytlar to‘yxona bo‘lgan, keyingi vaqtlarda qarovsiz holatga tushib qolgan edi. Ayni paytda bino «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan xalqaro andozalar darajasida ta’mirlandi, qayta jihozlandi. Endilikda, shu joydan turib hudud aholisi Toshkent-Angren poyezdiga chipta xarid qilishi, shuningdek, mahalliy va ichki marshrutlarga jo‘nash imkoniyatiga ega.
So‘ngra, shu yerning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Angren shahrini kompleks rivojlantirishga doir 20 ga yaqin loyihalar bilan tanishdi.
Davlat rahbari Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasining ham yangi binosi bilan tanishdi. U yerda soha vakillari bilan muloqot qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter