Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ertaga Moskvaga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga Moskvaga boradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

24 iyun kuni davlatimiz rahbari G‘alaba paradida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring