Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning so‘zlariga munosabat bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim davlat rahbarlarining so‘zlariga munosabat bildirdi:

«Kuni kecha ba’zi davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.

Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka bo‘lgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.

Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz», dedi davlatimiz rahbari.

Eslatib o‘tamiz, prezident avvalroq Qozog‘iston voqealariga ham to‘xtalgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring