Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 6 ta hokimni oxirgi marta ogohlantirdi

Shavkat Mirziyoyev 6 ta hokimni oxirgi marta ogohlantirdi

Prezident boshchiligida o‘tayotgan yig‘ilishda respublika bo‘yicha 1526 ta maktab bolalar tarbiyasi, davomat, ma’naviy muhit bo‘yicha «qizil» toifaga kiritilgani aytildi.

Xabarga ko‘ra, Toshkent shahridagi 69 ta maktab, Surxondaryoda 169 ta va Qoraqalpog‘istonda 128 ta, Sirdaryoda 54 ta, Farg‘onada 162 ta, Toshkent viloyatidagi 147 ta maktablarda muhit qoniqarsiz deb topilgan.

«Bu tuman va shahar hokimlari maktab masalalari ichiga umuman kirmaganligidan dalolat. Yanvarda o‘tgan selektordan keyin ham ular o‘ziga xulosa qilmagan. Ushbu viloyat, tuman va shahar hokimlarini oxirgi marta ogohlantiraman. Agar uch oyda o‘zgarish bo‘lmasa, jiddiy chora ko‘riladi. Bugungi kunda maktabning eng katta muammosi – o‘qitish metodikasining mutlaqo eskirganligi. Afsuski, maktab ta’limi eski qolipdan chiqa olmayapti», degan davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring