Egizaklariga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ygan otaga «Cobalt» sovg‘a qilindi
Toshkent shahrida tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning ota-onasiga Prezident sovg‘asi – «Cobalt» avtomashinasi sovg‘a qilindi, deb xabar bermoqda «Daryo».
Shuningdek, oilaga Prezident sovg‘asi sifatida kolyaska va turli sovg‘a salomlar yetkazildi.
Avvalroq, 18-dekabr kuni Toshkentda Ruslan Qoryog‘diyev va Mohigul Shoyiqulovalar oilasida uch egizak o‘g‘il farzand dunyoga kelgani haqida xabar berilgan edi. Chaqaloqlarning ota-onasi egizaklarga Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo deb ism qo‘ygandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter