Dog‘istonda uzunligi chorak kilometrlik kabob tayyorlashadi
Dog‘istonliklar dunyodagi eng uzun kabob va shaurmani tayyorlashadi. Kavkaz taomining uzunligi 255 metrdan oshadi. Bu haqda «Interfaks» agentligi xabar bergan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Dog‘istonda 23-24-iyun kunlari sog‘lom turmush tarzi shiori ostida festival bo‘lib o‘tadi. Tadbir qatnashchilari ulkan taomlar tayyorlashda bahslashishadi, eng yaxshi natijani qayd etganlar Rossiya va jahon rekordlar kitobiga kiritiladi.
Dog‘istonliklar 255 metr uzunlikdagi kabob tayyorlashmoqchi, shaurma esa 20 metrlik bo‘ladi. O‘tgan yili dunyodagi eng katta kabob (uzunligi — 204 metr) Podmoskoveda tayyorlangani haqida «Vechernyaya Moskva» xabar bergan. Dog‘istonliklar ayni shu rekordni yangilashmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter