Sharsharada rasmga tushmoqchi bo‘lgan yigit oyog‘ini sindirib oldi
Kecha, 2 may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yangi qo‘rg‘on qishlog‘iga tabiat qo‘ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri «Soy mozor» sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tushgan xabarga ko‘ra, u o‘ng oyog‘ini sindirib olgan. Voqea joyiga zudlik bilan Bo‘stonliq tumani Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borgan.
Jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va tepalikdan olib tushilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. So‘ng Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter