Sharqiy G‘utada maktablar ochildi

Yaqindagina urush o‘chog‘i bo‘lgan Suriyaning Sharqiy G‘uta tumanida vaziyat izga tushmoqda. «TASS»ning ma’lum qilishicha, G‘utada umumiy ta’lim maktablari ochilgan. Hukumat maktablarga darsliklar taqdim etgan, endi maktablar ishga kirishmoqda.
O‘qituvchilarning so‘zlariga ko‘ra, bolalar o‘qishni juda sog‘inishgan.
Ushbu hudud aprel oyida jangarilardan butunlay tozalangan edi. Shundan so‘ng 65 mingdan ortiq kishi uylariga qaytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter