Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sharq taronalari» festivali Registonda o‘tadigan bo‘ldi

«Sharq taronalari» festivali Registonda o‘tadigan bo‘ldi

«Sharq taronalari» Registonda tug‘ilgan! Samarqandda Xalqaro «Sharq taronalari» XIII musiqa festivali tadbirlariga tayyorgarlik jarayoniga oid matbuot anjumanida Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ana shunday obrazli iborani ishlatdi.

Bu yilgi festival avvaliga Samarqand xalqaro turistik markazi hududidagi «Boqiy shahar» kompleksida o‘tkazilishi haqida xabar berilgani, ammo u yerdagi bir necha kunlik tayyorgarlik ishlaridan so‘ng yana Registon maydoni tanlangani haqidagi savolga shunday javob berdi:

«Festival ishtirokchilari Samarqandga aynan Registonni ko‘rish uchun kelishadi va Registonda turib qo‘shiq aytish yoki tanlovda qatnashish, qaysidir ma’noda musiqa cholg‘u asbobini chalish bu katta baxt. Ko‘p ishtirokchilar so‘radilarki, shu festival qayerda bo‘ladi?»

Rustam Qobilovning ma’lum qilishicha, detonatsiya yodgorlikka zarar bermasligi uchun ovoz kuchaytirgichlar, bundan oldingi festivallardan farqli ravishda, minoralardan tashqarida o‘rnatiladi. Mushaklar otilganda rezonans ta’siri kam, obidadan uzoqroq joydan va baland masofada bo‘lishi ta’minlanadi.

«Registon» majmuasi xodimlarining ma’lum qilishicha, Madaniy meros agentligi qoshidagi ilmiy kengash a’zolarining hammasi shu yerda va ular majmua zarar ko‘rmasligi uchun faoliyat olib bormoqda.

M.Tangriyorova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring