«Sharg‘unko‘mir» konining Xitoy bo‘limida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatidagi «Sharg‘unko‘mir» AJning Xitoy bo‘limi direktori o‘rinbosari Ge Cheng Xuey Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Unda 2021 yilning 13 mart kuni noma’lum shaxslar tomonidan Sariosiyo tumani hududida joylashgan «Sharg‘unko‘mir» AJning Xitoy bo‘limiga tegishli doimiy elektr toki o‘chganda favqulodda holatda shoshilinch ko‘mir konini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi generatorning jami narxi 17 790 000 so‘mlik 2 dona akkumulyatorini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlar davomida, ushbu jinoyatni AJ «Sharg‘unko‘mir» tunneli ishchisi 21 yoshli Sardorbek U. va muqaddam sudlangan 28 yoshli Orifjon Yo. lar sodir etganliklari, ular o‘g‘irlangan 2 dona akkumulyatorlarni daraxt tagiga yashirib qo‘yganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Sardorbek U. va Orifjon Yo.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v,g» bandlari (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter