Shakira sud oldida javob beradi
Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakira soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha 20- noyabr kuni sudda javob beradi.
Bu haqda El Mundo nashri xabar bermoqda.
Barselonada qo‘shiqchi Ispaniya soliq xizmatiga qarshi to‘rtta jinoyatda ayblanmoqda.
Aytilishicha, u 2012, 2013 va 2014-yillar uchun daromad va boylik solig‘i deklaratsiyasini taqdim etmagan va soliqqa tortiladigan mablag‘larni offshor hisob raqamlariga olib qo‘ygan.
Xabarda aytilishicha, jami 12 ta sud majlisi rejalashtirilgan bo‘lib, unda yuzlab guvohlar ko‘rsatma beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter