Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahzoda Garri va Megan Markl AQShda ish topishdi

Shahzoda Garri va Megan Markl AQShda ish topishdi

Foto: «TASS/PA»

Gersog va gersoginya Sassekslar spiker sifatida ishga joylashishdi, deya xabar berdi «The Age» portali.

Shahzoda Garri va Megan Markl Nyu-Yorkda «Harry Walker» agentligi bilan shartnoma imzolashdi. Mazkur kompaniya bilan Barak va Mishel Obama, Opra Uinfri va Xillari Klinton hamkorlik qilishadi.

Gersog va gersoginya turli konferensiya va forumlarda nutq so‘zlashi taxmin qilinmoqda. Ular bir marta chiqishi uchun chamasi 1 mln dollar olishadi.

OAV xabariga ko‘ra, hozirda Garri va Megan Kanadadan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tishgan.

O‘tgan yili shahzoda va uning rafiqasi mustaqil hayot kechirish, o‘zlari pul ishlab topish niyati borligini bildirib, Britaniya qirollik oilasi a’zolari vakolatini bo‘yinlaridan soqit qilishdi.

Garri va Megan o‘zlarining xayriya jamg‘armasini tashkil etishni rejalashtirgandi. Biroq 14-iyun kuni «Archewell» jamg‘armasining ochilish marosimi qoldirilgani ma’lum bo‘ldi. Chunki er-xotin butun diqqat-e’tiborini koronavirusga qarshi kurashish va «Black Lives Matter» harakatiga qaratishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring