Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzning G‘elon qishlog‘ida 300 mln dollarlik turistik markaz quriladi

Shahrisabzning G‘elon qishlog‘ida 300 mln dollarlik turistik markaz quriladi

Kecha, 12-dekabr kuni  Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Tataristan Respublikasidagi «Kazanskiye kanatnie dorogi» MChJ bosh direktori Denis Belov va «Gordeyev» arxitektura byurosi arxitektori Mixail Gordeyevlardan iborat investorlarni qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar Shahrisabz tumani, G‘elon qishlog‘i hududida geografik jihatdan qulay joylashuvga ega umumiy yer maydoni 2 ming 600 gektar bo‘lgan «Tog‘ chang‘i dam olish maskani» loyihasi amalga oshirish yuzasidan fikr almashishdi.

Ta’kidlanishicha, qiymati 300 mln dollarga baholanayotgan ushbu loyiha 8,3 km uzunlikdagi 3 ta dor yo‘li, 3 va 5 yulduzli mehmonxona maskani, ko‘p qavatli avtoturargohlar, ziplayn, rodelban va boshqa turistik infratuzilmalarni o‘z ichiga olib, birinchi bosqichi 2026-yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo delegatsiyasining Qozon shahriga tashrifi davomida bir qator rossiyalik investorlar qurilish, turizm va transport sohalarida hamkorlik qilish uchun O‘zbekistonga taklif qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring