Shahrisabzdagi Xalqaro maqom anjumani 75ta davlat mehmonlarini qabul qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida 6-10 sentyabr kunlari Xalqaro Maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi.
Ushbu anjumanga 75ta davlatdan xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Shaharda bir necha oylar davomida qurilish, qayta ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, zamonaviy yoritish uskunalari o‘rnatilgan.

Oqsaroy hududida mehmon va mezbonlar uchun barpo qilinayotgan 1800 o‘rinli maxsus amfiteatrda bir necha kundan so‘ng konsert tomoshari o‘tkaziladi.
Oqsaroyning xalq bilan gavjum ko‘chalari bayram shukuxini tarannum etmoqda. Shahrisabz shahriga tashrif buyurgan inson o‘zini go‘yo bir ertakka tushib qolgandek his etadi, maftunkor tabiat qo‘ynida barcha hududlar tarixini va madaniyatini ifoda etuvchi maxsus sahna qurilmalari qad ko‘targan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter