Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabz shahriga yangi prokuror tayinlandi

Shahrisabz shahriga yangi prokuror tayinlandi

Foto: Shahrisabz shahar hokimligi.

Xurramov Ravshan Xushvaqtovich Shahrisabz shahar prokurori etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi. 

Avvalgi prokuror Bahrom Bekbo‘tayev Ko‘kdala tuman prokurori lavozimida ishlamoqda. 

Tayinlovga qadar R.Xurramov viloyat prokuraturasida kadrlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shahar prokuraturasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat prokurorining o‘rinbosari Ubaydullo Sa’dullayev yangidan tayinlangan shahar prokurorini yig‘ilganlarga tanishtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring