Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytdi

Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov terma jamoaga qaytdi

Joriy yilning 22 oktyabr – 7 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, terma jamoamizning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vitse chempioni, 2017 yil Germaniyada o‘tkazilgan jahon chempionati g‘olibi Shahram G‘iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov ham kiritilgan.

Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy olgan.

Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda tashkil etilgan so‘nggi jahon chempionatida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring