Shahobiddinga kutilmaganda mag‘lubiyat yozib yuborildi
Yana bir bokschimiz jahon chempionatidagi tushunarsiz qaror qurboni bo‘ldi. -54 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov jangda ustunlikka erishib turib, mag‘lubiyatga uchradi.
Shahobiddin Zoirov nimchorak finalda yaponiyalik Timoya Suboiga qarshi jangda birinchi va ikkinchi raundlarda hakamlar qaroriga ko‘ra ochkolarda oldinda borayotgandi.
Teng o‘tgan uchinchi raunddan keyin esa hakamlar kutilmagandа yaponiyalikka g‘oliblikni (3:2) berib yuborishdi.
Amaldagi jahon chempioni shu tarzda musobaqani erta tark etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter