Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahobiddin Zoirov turkiyalik raqibiga imkon qoldirmadi

Shahobiddin Zoirov turkiyalik raqibiga imkon qoldirmadi

Foto:«Getty Images»

Bokschilarimiz orasidan Olimpiya o‘yinlarining bugungi bahslarini -52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov boshlab berdi.

Rio Olimpiadasi chempioni ilk jangida turkiyalik Batuxan Chifchiga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jangda katta ustunlikka ega bo‘lgan bokschimiz raqibini 2-raundda nokdaun holatiga ham tushirib qo‘ydi. Zoirov ushbu bahsda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Elnur Abduraimov va  Dilshod Ro‘zmetovlar ham g‘alaba qozongandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring