Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi 3-g‘alabasiga erishdi

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi 3-g‘alabasiga erishdi

Foto: Instagram

Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov kecha, 12-iyul kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida professional ringdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.

Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan hamyurtimiz (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi «Qirol Abdulla Sport Siti» stadionida o‘tkazdi.

4 raundga mo‘ljallangan reyting jangida Zoirovga hindistonlik Sandib Singh Batti (1 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat) raqiblik qildi. Jang to‘liq davom etdi. Unda raqibini ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgan Shahobiddin professional boksdagi 3-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring