«Shahar bedarvoza» deb o‘ylaganlarga sud hukmi o‘qildi
Toshkentda bir fuqaroning joniga qasd qilish bilan tahdid qilib, janjal ko‘targan va «Chevrolet Equinox» rusumli avtomobilga zarar yetkazgan zo‘ravonlar sud qilindi.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilgan.
Tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan fuqarolar:
1) 1982 yilda tug‘ilgan Jahongirga O‘zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi bilan;
2) 1991 yilda tug‘ilgan Mirtolipga O‘zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi bilan;
3) 1993 yilda tug‘ilgan Sultonmurodga O‘zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi, 131-moddasi 3-qismi va 229-moddasida,
4) 1992 yilda tug‘ilgan Botirxo‘jaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi va 229-moddasida bilan,
5) 1996 yilda tug‘ilgan Siyovushga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 112-moddasi 1-qismi bilan hukm o‘qildi.
Lekin aynan qanday jazo belgilangani ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 31 oktyabr kuni taxminan soat 22.00 larda Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida bir nechta fuqaro ishtirokida janjal yuz bergan, janjalning videotasviri ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter