Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaftoli qaysi kasalliklarda foydali?

Shaftoli qaysi kasalliklarda foydali?

Foto: «Pankreatit.su»

Shaftoli mevasi oshqozon bezlarining shira ajratish faolligini oshiradi, yog‘li taomni hazm qilishga yordam beradi hamda qayt qilishning oldini olish xususiyatiga ega.

O‘simlik sharbati buyrak-tosh kasalliklarida tavsiya etiladi.

O‘simlik bargi va gullaridan siqib olingan suvi qandli diabetni davolash, shuningdek, gijjalarga qarshi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Yangi uzilgan shaftoli daraxti bargidan tayyorlangan bo‘tqa xo‘ppoz, chipqon, kuygan yara, neyrodermatit va boshqa teri kasalliklarida malham sifatida yaraning ustiga qo‘yiladi.

Shaftoli mevasi kislotasi kam gastrit, enterokolit, jigari xasta va holdan toygan bemorlarga tanani mustahkamlovchi va oziqlantiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

Shuningdek, shifokorlar nafas a’zolari va yurak-qon tomir tizimi xastaliklarida shaftoli iste’mol qilishni maslahat berishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring