Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shaffof imtihonlar sabab 241 talaba imtihondan yiqildi» — «Nizomiy» rektori

«Shaffof imtihonlar sabab 241 talaba imtihondan yiqildi» — «Nizomiy» rektori

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida shaffof imtihonlar sabab 241 nafar talaba keyingi bosqichga o‘tolmagan. Bu haqda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov ma’lum qildi.

«Butun mamlakatni raqamlashtirish deganda oliy ta’lim muassasalari bu borada eng ilg‘or bo‘lishi kerak. Raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani qisqartiramiz.

Korrupsiyani qisqartirish bo‘yicha misol: biz joriy o‘quv yilida birinchi marta barcha bitiruv imtihonlari, diplom himoya ishlarini ochiqdan-ochiq You Tube orqali barchaga taqdim etib o‘tkazdik.

Shunda bir holat namoyon bo‘ldiki, oldingi o‘quv yillarida bitiruv imtihonlaridan yiqilganlar judayam oz bo‘lardi: 7 ta yoki 10 ta. Bu yil esa 241 ta talaba imtihondan o‘tolmadi. Bunga sabab biz ularning bilim sifati, malaka va mutaxassisligiga javob beramiz», — deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring