Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi noma’lum muddatga ko‘chirildi

Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi noma’lum muddatga ko‘chirildi

Foto: RIA Novosti

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zbekistonlik hamkasbi Baxtiyor Saidov bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar berdi Rossiya TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Moskva va Toshkent ikki davlatning «har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini» mustakamlash maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

«Ish jadvalidagi o‘zgarishlar sababli, Sergey Lavrovning 28-29-oktyabr kunlari Toshkentga rejalashtirilgan tashrifini boshqa muddatga kechiktirishga kelishib olindi», — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring