Sergey Lavrov yanvar oyida O‘zbekistonga keladi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov 2020 yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Lavrovni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi, shuningdek, u O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, Lavrov Toshkentdagi Rossiya TIV MGIMO filiali professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalariga ma’ruza o‘qiydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter