Sergey Lavrov: «Rossiya Ukrainaga hujum qilgani yo‘q»
Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida Dmitriy Kuleba (Ukraina TIV) va Sergey Lavrov (Rossiya TIV) uchrashdi.
So‘ngra har ikki vazir alohida matbuot anjumanlarini o‘tkazdi.
«Rossiya boshqa mamlakatlarga hujum qilishni rejalashtirganmi?». «Boshqa mamlakatlarga hujum qilish rejamiz yo‘q. Ukrainaga ham hujum qilmaganmiz. Ukrainada shunchaki... buni ko‘p tushuntirganmiz: Rossiya Federatsiyasining xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid tug‘diruvchi vaziyat yuzaga keldi», — deb javob berdi ushbu savolga Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, bugungi muzokaralarda Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘t ochish to‘xtatilishi haqida hech qanaqa gap ketmaganini va Lavrov Mariupol aholisini evakuatsiya qilish uchun gumanitar koridorlar ochishga va’da bermaganini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter